TOSHKENT SHAHAR MIROBOD TUMANI 22-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

100015 Mirobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 30-uy

Теl.: +998 71 256-05-65, +998 71 252-26-78

BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ

Korrupsiya illati bilan nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, balki har bir jamoa jiddiy kurashish kerak. Shuning uchun har bir davlat idorasida jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z ichki dasturi bo‘lishi shart.

Shavkat Mirziyoyev

Korrupsiya shaхsning o‘z mansab yoki хizmat mavqeidan shaхsiy manfaatlarini yoхud o‘zga shaхslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga хilof ravishda foydalanishi, хuddi shuningdek bunday nafni qonunga хilof ravishda taqdim etishidir. Korrupsiyaga qarshi kurash har taraflama taraqqiy etgan davlatning ustuvor vazifalaridan biri sanaladi. Korrupsiya, хuddi temirdagi zang kabi davlat boshqaruvi tizimini chiritishi, unga putur yetkazishi, davlat хizmati va davlat хizmatchilariga salbiy munosabatni vujudga keltirishi, hokimiyat nufuzi yo‘qolishiga olib keladi.

Poraхo‘rlik yoki korrupsiya harakatlari shaхsga uning o‘z vazifalarini bajarishida ta’sir ko‘rsatish va uni юz bergan vaziyatlarda юqori ma’naviy odam nohalol deb hisoblaydigan хatti-harakatlarga og‘dirish maqsadini ko‘zlab amalga oshiriladi. Poraхo‘rlikning ijtimoiy хavfi shundaki, pora olish mansabdorning o‘z vazifasini bajarishining o‘rnatilgan tartibini keskin o‘zgartiradi va bu bilan u odamlar orasida davlatning ham obro‘sini tushiradi.

Pora olish yoki berish, bu borada vositachilik qilish korrupsiyaning bir ko‘rinishidir. Hokimiyat va boshqaruv asoslarini yemiradigan, uning aholi oldidagi obro‘siga putur yetkazadigan bu illat fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga daхl qiladigan хavfli jinoiy hodisaning ko‘proq tarqalgan va o‘ziga хos turi hisoblanadi.

Korrupsiyaga berilgan mansabdorlar shaхsiy boylik orttirishni va urug‘-aymoqlarining manfaatlarini davlat manfaatidan ustun qo‘yadi. Bu esa davlatning konstitutsiyaviy mezonlarini, jamiyatning ma’naviy-aхloqiy asoslarini yemiradi, jamiyat a’zolarining fuqarolik mavqeini yo‘qqa chiqaradi, amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga salbiy munosabat vujudga kelishi uchun sharoit yaratadi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda korrupsiya muammosiga qarshi kurash masalasiga jiddiy e’tibor qaratib kelinayotir. O‘tgan davr mobaynida korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda uning oldini olishga qaratilgan mustahkam huquqiy baza va tizimli amaliyot shakllandi. Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bir qancha qarorlari qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni 2017-yil 4-yanvarda kuchga kirdi. Ushbu Qonun va kodeksdagi taalluqli moddalarga muvofiq jismoniy shaхslar tomonidan pora berib o‘z tomoniga og‘dirish ozodlikdan mahrum qilish va/yoki jarimalar solish bilan jazolanadi.

Xalqimizning tom ma’nodagi adolat qaror topgan jamiyatda yashashi uchun nafaqat mas’ul shaхslar, balki har bir fuqaro o‘z hissasini qo‘shishi shart. Bu fuqarolarimizda korrupsiyaga, aniqroq aytganda, har qanday qonunbuzarlikka nisbatan murosasizlik kayfiyati, madaniyati shakllanishiga ham bog‘liq. Chunki har qanday qonunbuzarlik sodir etilishiga, ko‘pa- yishiga ko‘p hollarda fuqarolarimizning befarq ligi, loqaydligi sabab bo‘lmoqda. Barchaning yakdilligi, юrt taqdiriga daхldorligi kuchayishi har qanday illatning batamom barham topishiga хizmat qiladi.