Maʼnaviyat — inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy,
badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz ichiga oladi. Maʼnaviyat atamasining asosida „maʼno“ soʻzi yotadi.
Maʼlumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning boʻybasti, koʻrinishi, kiyinishi,
xatti-harakati kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari,
intilishlari, his-tuygʻularini oʻz ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami maʼnaviyatdir. Oziq-ovqat odamga
jismoniy quvvat bersa, maʼnaviyat unga ruhiy ozuqa va qudrat bagʻishlaydi. Maʼnaviyat maʼrifat va madaniyat
bilan bogʻliq. Maʼnaviyat odamlarda tap-tayyor holda vujudga kelmaydi. Unga muttasil oʻqish, oʻrganish, tajriba
orttirish orqaligina erishiladi. Maʼnaviyat qanchalik boyib borsa, jamiyat va millat shunchalik ravnaq topadi.
Maʼnaviyatli odam yashashdan maqsad nimaligini aniq biladi, umrini mazmunli oʻtkazish yoʻlini izlab topadi,
muomala qilish madaniyatini egallaydi, har bir masalaga insof va adolat nuqtai nazaridan yondoshadi.
Vijdon nima, yolgʻon va rost nima, or-nomus nima, halol va harom nima — bularning hammasini bir-biridan ajrata
oladi, hayotda yomonlikka boshlovchi xatti-harakatlardan voz kechadi, yaxshilikka boshlovchi amallarni bajaradi.
Maʼnaviyatda inson hayotining mazmuni aks etadi.
Vatanni sevish, vatanparvarlik inson maʼnaviyatini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Maʼnaviyat kamol topgan jamiyatlarda qobiliyat, isteʼdod egalari shu jamiyatning, millatning yuzi, gʻururi, obroʻ-eʼtibori hisoblanadi. Maʼnaviyatli jamiyatda aql, sogʻlom fikr, adolat va yaxshi xulq ustuvordir. Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi kuchli boʻladi, odamga nomunosib turli illatlar barham topadi. Millatning asrlar davomida shakllangan ildizlari, uning tarixiy tajribalari va ijtimoiy-madaniy rivojlanishisiz maʼnaviyatni tasavvur qilish qiyin. „Maʼnaviyat — insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yoʻq joyda hech qachon baxt-saodat boʻlmaydi“, degan edi Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimov. Shu sababli Oʻzbekistonda maʼnaviyatni yuksaltirish, xalqni maʼnaviyatli qilish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan.
Mustaqillik tufayli oʻzbek xalqining koʻp asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va diniy merosini oʻrganish, undan xalqning umumiy va bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yoʻl ochildi. Maʼnaviyatimiz „Avesto“ va zardushtiylik taʼlimotidan boshlab hozirgi kungacha shakllanib, boyib, umuminsoniy qadriyatlar bilan yonma-yon rivojlanib bormoqda. Oʻzbekistonda maʼnaviyat va maʼrifatni koʻtarish, targʻib qilish, boyitish, aholining keng doirasiga yoyish maqsadida respublika „Maʼnaviyat va maʼrifat“ markazi tashkil etilgan. Respublika taʼlim tizimida „Maʼnaviyat asoslari“ fani oʻqitiladi. Maʼnaviyat sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borilyapti.
-O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, demokratiya tamoyillariga asoslanadi;
- хalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviyati, an’ana va udumlari, ulug‘ bobokalonlarimizning o‘lmas merosidan oziqlanadi;
-adolat va haqiqat, erkinlik va mustaqillik g‘oyalari hamda xalqimizning ishonch va e’tiqodini aks ettiradi;
-yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq ravnaqi farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi;
-jamiyat a’zolarini, aholining barcha qatlamlarini O‘zbekistonning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etadi;
-millati, tili va dinidan qat’iy nazar mamlakatimizning har bir fuqarosi qalbida ona Vatanga muhabbat, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat va
o‘zaro hurmat tuyg‘usini qaror toptiradi;-jamoatchilik qalbi va ongiga fikrlar xilma-xilligi, vijdon erkinligi tamoyillariga rioya qilgan holda ma’rifiy yo‘l bilan singdiriladi.
Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir.
Vatan ravnaqi
Vatan - insonni kindik qoni to‘kilgan tuproq, uni kamol toptiradigan, hayotga ma’no-mazmun baxsh etadigan tabarruk maskandir. U ajdodlardan-ajdodlarga qoladigan buyuk me’ros, xoki poklari jo bo‘lgan, vaqti-soati yetib har birimiz bosh qo‘yadigan zamindir.
Yurt tinchligi
Yurt tinchligi - bebaho ne’mat, ulug‘ saodatdir. Bashariyat o‘z taraqqiyotining barcha bosqichlarida, avvalo, tinchlik-totuvlikka intilib kelgan.
Yurt tinchligi - barqaror taraqqiyot garovi.
O‘zbek xalqi tinchlikni yuksak qadrlaydi, uni o‘z orzu -intilishlari, maqsad-muddaolari ro‘yobga chiqishining kafolati deb biladi. Shuning uchun doim Yaratgandan tinchlik va omomnlik tilaydi.
Xalq farovanligi
Mamalakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarning oliy maqsadi xalqimizning munosib turmush sharoiti yaratishdan iboratdir. Ya’ni islohat - islohat uchun emas, inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak.
Komil inson
Komillikni orzu qilmagan, barkamol avlodlarni voyaga yetkazish haqida qayg‘urmagan xalqning, millatning kelajagi yo‘q. Bunday xalq va millat tanazzulga mahkum.
Ijtimoiy hamkorlik
Ijtimoiy hamkorlik murosa falsafasi bo‘lib, xilma-xil fikr va qarashlarga ega bo‘lgan turli millat, irq va dinga mansub shaxs va guruhlarning umumiy maqsad yo‘lidagi hamjihatligini ta’minlaydi. Natijada jamiyatda tinchlik va totuvlikning, barqaror taraqqiyotning mustahkam kafolati vujudga keladi.
Millatlararo totuvlik
Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi.
Bu g‘oya - bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlikning ma’naviy asosidir.
Bu g‘oya - har bir millat vakilining iste’dodi va salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarish uchun sharoit yaratadi va uni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar sari safarbar etadi.
Dinlararo bag‘rikenglik (tolerantlik)
Dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi - xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanga oliyjanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashishini anglatadi.