TOSHKENT SHAHAR MIROBOD TUMANI 22-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

100015 Mirobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 30-uy

Теl.: +998 71 256-05-65, +998 71 252-26-78

2022-2026-YILLARGA MO‘LJALLANGAN YANGI O‘ZBEKISTONNING
TARAQQIYOT STRATEGIYASI

I.INSON QADRINI YUKSALTIRISH VA ERKIN FUQAROLIK JAMIYATINI YANADA
RIVOJLANTIRISH ORQALI XALQPARVAR DAVLAT BARPO ETISH

Birinchi yo‘nalish erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etishga qaratilgan. Buning uchun kelgusida davlat funksiyalarining katta qismi markazdan hududlarga o‘tkaziladi. Har bir mahallada hokim yordamchisi lavozimi joriy etiladi. Tuman byudjeti qo‘shimcha manbalar bilan ta’minlanib, mahallaning alohida jamg‘armasi shakllantiriladi. Markaziy idoralar transformatsiya qilinib, ixcham va samarali boshqaruv tizimi yaratiladi, bir xil yo‘nalishdagi vazifalarni amalga oshirayotgan idoralar optimallashtiriladi.

II. MAMLAKATIMIZDA ADOLAT VA QONUN USTUVORLIGI TAMOYILLARINI
TARAQQIYOTNING ENG ASOSIY VA ZARUR SHARTIGA AYLANTIRISH

Ikkinchi yo‘nalishadolat va qonun ustuvorligini mustahkamlash, inson qadr-qimmatini ta’minlash vazifalarini qamrab olgan. Shu maqsadda sudlov tizimi va advokatura instituti, huquq-tartibot organlari faoliyati takomillashtiriladi. Tadbirkor va mulkdorlar huquqlarining himoyasi kuchaytiriladi. Korrupsiyaga barham berishga davlat va jamiyatning barcha kuch va vositalari safarbar etiladi. Bunda aybdorlarni huquqiy javobgarlikka tortish bilan cheklanib qolmasdan, korrupsiyaning sabablarini oldindan bartaraf etish choralari ko‘riladi.

III. MILLIY IQTISODIYOTNI JADAL RIVOJLANTIRISH VA YUQORI O‘SISH SUR’ATLARINI TA’MINLASH

Uchinchi yo‘nalishda milliy iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi rejalar bayon etilgan. 2030 yilga borib, jon boshiga hisoblaganda, aholi daromadlari o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga chiqish maqsad qilingani aytildi. Bunga, avvalo, xususiy sektorni rag‘batlantirish va uning ulushini oshirish hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisobidan erishiladi. Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlab, inflyatsiya darajasini belgilangan 5 foizgacha pasaytirish choralari ko‘riladi. Aholini uy-joy va toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, zamonaviy yo‘l va kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish, jamoat transporti hamda hududlararo qatnovlarni yaxshilash bo‘yicha ham yirik loyihalar amalga oshiriladi.

IV. ADOLATLI IJTIMOIY SIYOSAT YURITISH, INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISH

To‘rtinchi yo‘nalishga asosan sifatli ta’lim-tarbiya masalasi doimiy e’tibor markazida bo‘ladi. Shu maqsadda o‘qituvchilarning oylik maoshini izchil oshirib borish va 2025-yilga borib, 1 ming dollar miqdoriga yetkazish ko‘zda tutilgan. Yangi maktablar qurish, mavjudlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sohaning barcha bosqichlari o‘rtasida uzviylikni ta’minlashga qaratilgan Milliy ta’lim dasturi ishlab chiqiladi. Aholi salomatligini saqlash uchun barcha sharoit yaratiladi. Kelgusi besh yilda oliy toifali shifokorlar maoshini ham 1 ming dollar ekvivalentiga yetkazish mo‘ljallanmoqda. Viloyat, tuman va shaharlarda ixtisoslashgan tibbiy xizmatlar ko‘lami kengaytiriladi. Davlat tibbiy sug‘urta tizimi ishga tushirilib, mablag‘ aniq bemorga bog‘langan holda ajratiladi. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish muhim vazifa bo‘lib qoladi.

V. MA’NAVIY TARAQQIYOTNI TA’MINLASH VA SOHANI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISH

Beshinchi yo‘nalishgaasosan ma’naviy va ma’rifiy sohalar rivojlantiriladi. Shu maqsadda “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi amalga oshiriladi. Madaniyat va san’atni yuksaltirish, yoshlarni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash, millatlararo hamjihatlik va o‘zaro hurmatni mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratiladi.

VI. MILLIY MANFAATLARDAN KELIB CHIQQAN HOLDA UMUMBASHARIY MUAMMOLARGA YONDASHISH

Oltinchidan yo‘nalishgaglobal muammolarning milliy va mintaqaviy darajadagi yechimlarini topish, bu boradagi barcha sa’y-harakatlarni uyg‘unlashtirish zarurligi ta’kidlanadi. Xususan, ekologik tahdidlarning salbiy ta’siri ortib borayotgani qayd etilgan. Orolbo‘yini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi sifatida rivojlantirish, Butunjahon ekologiya xartiyasini ishlab chiqish masalalariga to‘xtalib o‘tilgan.

VII.MAMLAKATIMIZ XAVFSIZLIGI VA MUDOFAA SALOHIYATINI KUCHAYTIRISH, OCHIQ, PRAGMATIK VA FAOL TASHQI SIYOSAT OLIB BORISH

Yettinchi yo‘nalishda mamlakatdagi tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi vazifalar o‘z ifodasini topgan. Qurolli Kuchlarimizning qudrati yanada oshirilishi, harbiylarning jangovar shayligi, jismoniy va ma’naviy tayyorgarligi kuchaytirilishi ta’kidlangan. Xalqaro hamkorlikda pragmatik va chuqur o‘ylangan tashqi siyosat, iqtisodiy diplomatiya davom ettiriladi. Avvalo, qo‘shni mamlakatlar va dunyoning barcha mintaqalaridagi sheriklar bilan o‘zaro manfaatli va ko‘pqirrali aloqalar kengaytiriladi.