TOSHKENT SHAHAR MIROBOD TUMANI 22-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

100015 Mirobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 30-uy

Теl.: +998 71 256-05-65, +998 71 252-26-78

Aziz bolajonlar!

Sizlarni musiqa va san’atning quyidagi yo‘nalishlari
bo‘yicha ta’lim olishga taklif qilamiz:

Musiqa yo‘nalishi

O‘qish muddati 7 yil

1. Akademik fortepiano;

2. Fortepianoda estrada ijrochiligi;

3. Torli cholg‘ular (skripka, violonchel).

O‘qish muddati 5 yil

1. Xаlq chоlg‘ulаri (qashqar rubobi, dutor, gitara);

2. Zarbli cholg‘ular (marinba, ksilofon, zarbli cholg‘ular to‘plami);

3. Damli cholg‘ular (fleyta, blok-fleyta, saksofon,klarnet, tenor);

4. Estrada cholg‘u ijrochiligi (gitara);

5. Akademik xonandalik;

6. Estrada xonandaligi.

San’at yo‘nalishi

O‘qish muddati 5 yil

1. Tasviriy san’at (qalam tasvir, kompozitsiya, haykaltaroshlik, kompyuter grafikasi);

2. Amaliy san’ati;

3. Xoreografiya;

4. Teatr san’ati.

Musiqa bilan shug‘ullanishning 12 sababi

Musiqa bilan, umuman san’at bilan shug‘ullanish qator muhim xislatlarning rivojlanishiga yordam berishi sir emas. Quyida shularning ba’zilarunu ko‘rib chiqamiz.

Erta musiqiy ta’lim bilan shug‘ullanish miyaning nutq va mantiq uchun javob beradigan qismlari rivojlanishiga yordam beradi. Musiqa va masofaviy intellekt orasida aloqa mavjud. Musiqa bilan shug‘ullanish tasavvur ifoda qilishni rivojlantiradi, bola xaritalarni, chizmalarni, diagrammalarni oson tushunishiga yordam beradi. Hamda tasvirni eslab qolish va “rang hissi” rivojlanadi.

Musiqa bilan shug‘ullanish tufayli o‘quvchilar qiziq yechimlarni topgan holda ijodiy fikrlashni o‘rganadi. San’atda bitta to‘g‘ri javob bo‘lmaydi.

Uy vazifasini bajarish ustida ishlash

Bolalar musiqa va san’at maktabida o‘qish quvonch va ijodiy muvaffaqiyatlar olib kelishi uchun nafaqat darslarda yaxshi shug‘ullanish, balki uy vazifalarini bajarishga jiddiy qarash kerak.

Uy vazifalari bajarishning asosiy tamoyillari:

- muntazam ravishlik;

- har kunlik;

- yetarli darajada davomiylik;

- anlab tushunish;

- oldinga qo‘yilgan vazifalarga diqqat-e’tiborni jamlash.

Foydali maslahatlar

Buyuk nemis romantik kompozitori Robert Shumanning eng mashhur asarlaridan biri bo‘lgan "O‘spirinlar uchun albom" yaratilganiga 150 yildan oshdi. "O‘spirinlar uchun albom"ning yaratilishi tarixi Shumanning shaxsiy, otalik musiqiy-tarbiyaviy tajribasi bilan chambarchas bog‘liq.Nota materialidan tashqari asar qo‘lyozmasi o‘z ichiga yosh musiqachilarga qisqa aforizm shaklidagi nasihatlarni olgan bo‘lib, bular Shumanning badiiy-tarbiyaviy dunyoqarashini ochib beradi. Quyida R. Shumanning “Musiqachilar uchun hayotiy qoidalar”idan namunalar keltirilgan.