TOSHKENT SHAHAR MIROBOD TUMANI 22-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

100015 Mirobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 30-uy

Теl.: +998 71 256-05-65, +998 71 252-26-78

“Shahar fortepiano festivali – 2026” bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 26-mart kuni Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Mirzo Ulug‘bek tumani 14-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida “Shahar fortepiano festivali – 2026” bo‘lib o‘tdi.

Mazkur festival Toshkent shahridagi bolalar musiqa va san’at maktablari o‘rtasida tashkil etilib, yosh ijrochilarning mahoratini namoyon etish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda fortepiano san’atini keng targ‘ib qilishga xizmat qildi.

Tadbir davomida:

— iqtidorli o‘quvchilar tomonidan mumtoz va zamonaviy asarlar ijro etildi;

— yosh iste’dodlar o‘z salohiyatini namoyon etdi;

— san’at muxlislari unutilmas musiqiy lahzalarga guvoh bo‘lishdi.

Ushbu festival - yosh avlod qalbida san’atga mehr uyg‘otuvchi, iste’dodlarni kashf etuvchi muhim madaniy maydon bo‘ldi.

Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish yo‘lida izchil ish olib bormoqda.