Joriy yilning 28-mart kuni 22-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida Navro‘z bayrami ko‘tarinki ruhda nishonlandi. Ushbu tadbir milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, o‘quvchilarda an’ana va urf-odatlarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.
Bayram munosabati bilan bezatilgan dasturxon yozilib, unda milliy taomlar va bahoriy ne’matlar namoyish etildi. Tadbir davomida o‘quvchilar va ustozlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi, raqslar namoyish qilindi. Musiqiy chiqishlar bayramga yanada fayz bag‘ishladi.
Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan milliy urf-odatlar, qadriyatlar va Navro‘zga xos an’analar sahna ko‘rinishlari orqali yoritildi. Bahoriy marosimlar, xalq o‘yinlari kabi lavhalar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar bayramona kayfiyatda bir-birlarini tabriklab, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va davom ettirish zarurligi ta’kidlandi. Navro‘z bayrami musiqa maktabida do‘stlik, hamjihatlik va quvonch muhitini yanada mustahkamladi.