Assalomu alaykum!
Mirobod tumani 22-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining rasmiy saytiga xush kelibsiz!
Bolalarni estetik tarbiyalashda musiqa va san’atning tutgan o‘rni beqiyosdir. 1970-yilda tashkil etilgan va o‘z yo‘nalishida nafaqat Toshkent shahri, balki, respublika ta’lim muassasalari ichida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Mirobod tumani 22-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi farzandlarimizga musiqa va san’at soxasida ta’lim berib kelishda katta ishlarni amalga oshirib kelyapti.
Xalqimiz milliy madaniyati va san’atini ravnaq toptirish, uning o‘ziga xos maktab va an’analarini rivojlantirish yo‘lida hukumatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik navqiron avlod ma’naviyatini yanada yuksaltirish, istiqlol yillarida ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda erishgan yutuqlarimizni jahonga namoyon etishdek ulug‘vor maqsadlarga xizmat qilmoqda. O‘tgan davr mobaynida 22-sonli bolalar musiqa va san’at maktabini bitirgan yuzlab o‘quvhilar hozirgi kunda turli san’at muassasalarida faoliyat ko‘rsatishmoqda.
Maktabimizning ushbu saytida Siz maktabdagi mavjud ta’llim yo‘nalishlari, faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglar, musiqa va san’at soxasiga taalluqli bo‘lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar, davlat ta’llim standartlari, ta’lim dasturlari, maktab yangiliklari va soxaga oid boshqa hujjatlar bilan tanishib borishingiz mumkin. Sizni qiziqtirgan savollar bo‘yicha onlayn murojaat qilishingiz mumkin.











